Ishtirokchilar:
– joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat 2-kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalari;
– uch bosqichli tanlov asosida qabul qilinadi;

Kurs mazmuni:
– raqamli texnologiyalar sohasida zamonaviy kasb "Data analitika"ni o‘rganish;

Shakllantiriladigan ko‘nikmalar:
– data analitika;
– statistik tahlil;
– dasturlash asoslari;
– qaror qabul qilish asoslari;
– ingliz tili (IELTS Target 5.5);

Akademik mobillik:
– tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;

Moddiy texnik ta’minot:
– noutbuk;
– internet ;
– darsliklar;
– issiq ovqat;
– stipendiya.

Amaliyot:
– IT-park rezidentlari yordamida tashkil etiladi.

1. Maqola mavzusi va mazmuni qanday bo‘lishi kerak?
– Maqola tahsil olinayotgan ta’lim yo‘nalishida “Data science”ni qo‘llash haqida bo‘lishi maqsadga muvofiq.

2. Maqola hajmi qancha bo‘lishi kerak?
– A4 formatda, 2 bet bo‘lishi kerak.

3. Taqdimot mavzusi qanday tanlanadi?
– Taqdimot "Data science" ilmini o‘zlashtirgach, mutaxassislik borasida amalga oshirishi rejalashtirilayotgan loyiha, g‘oya haqida tayyorlanishi tavsiya etiladi.

4. 3-bosqichdagi - “Suhbat” jarayonidagi taqdimot qanday taqdimot?
– Suhbatdagi taqdimot, oldingi ikkita bosqichdan o‘tgan talabgorlar uchun majburiy hisoblanadi.

5. Akademik mobillik kimlarga qo‘llanadi?
– Toshkent shahri, Toshkent viloyatidan tashqari barcha viloyat va shaharlarda joylashgan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga.

6. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashaydiganlar uchun akademik mobillik dasturi qo‘llanadimi?
– Yo‘q. Chunki kursda tahsil olish, asosiy o‘qishdan tashqari vaqtda olib boriladi.

7. Kurs muvaffaqiyatli bitirilsa qanday hujjat beriladi?
– Kurs bitiruvchilariga - “Mirzo Ulug‘bek vorislari o‘quv kurslarini amalga oshirish" markazi tomonidan tasdiqlangan “Davlat namunasidagi” IT sertifikat beriladi.

8. Kurs bepul bo‘lsa, bitiruvchilarga qanday talab yoki majburiyat yuklatiladi?
– Bakalavr bosqichi tugagandan keyin vacancy.argos.uz tizimida e’lon qilingan vakant lavozimlardan birida bir yil uzluksiz ishlab berishlari shart (Nizomning 5 bob, 34 band, b-punkti, https://lex.uz/docs/6468803).
Rasmingizni joylashtiring (*.pdf formatida)*
Telefon raqami +998123456789 shaklda bo‘lishi kerak.
Elektron manzil abcdef@domain.com shaklda bo‘lishi kerak.

Men _______________________________ _______________________________ _______________________________ _______________________________ -bosqich bituruvchisiman. “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov-o‘quv kursida ishtirok etish maqsadida ushbu arizani topshirdim. Arizada qayd etilgan barcha shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlayman.

1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (*.pdf formatida)*
2. Oliy ta’lim muassasasidagi 2-yillik akademik ko‘rsatkichlar natijasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi – GPA (*.pdf formatida)*
3. Tanlov yo‘nalishidagi ilmiy faoliyat (agar mavjud bo‘lsa, *.pdf formatida)
4. Motivatsion xat (“Data Science” nimasi bilan qiziq? “Data Science”ning O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati? “Data analitik” kasbini egallagach, vatan ravnaqi uchun qo‘shadigan hissangiz? Hajmi 2 betdan kam bo‘lmagan, formati A4)
5. Xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar mavjud bo‘lsa,*.pdf formatida)
6. Xalqaro IT sertifikat (agar mavjud bo‘lsa, *.pdf shaklida)
7. Nashr etilgan ilmiy ishlari ro‘yxati (nusxalari ilova qilinadi, agar mavjud bo‘lsa, *.pdf formatida)
8. Tanlov doirasida tayyorlangan 1 ta maqola, 1 ta taqdimot elektron tarzda taqdim etiladi (*.pdf formatida)*
9. Sohadagi mutaxassis yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan xodim tomonidan berilgan tavsiyanoma (ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qiziqishlar hamda salohiyat haqida, *.pdf formatida)
10. Professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan tavsiyanoma umumiy xarakterda (iqtidori, jihatlari haqida, *.pdf formatida)
11. Portfolio. (OTM davrida qayd etilgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan ijod mahsuli) guvohnoma, patent va shu kabilar. Zarur bo‘lsa, hujjatlarning asli so‘ralishi mumkin (*.pdf formatida)